Bo’sh ish o’rinlari 2018-03-01T17:32:56+05:00

XOZIRDA BO’SH ISH O’RINLARI MAVJUD EMAS.

NOMZODLARGA TA`LABLAR.

Ishga millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va rasmiy maqomidan qat`iy nazar, o`zining kasbiy, ishchan, shaxsiy va ma`naviy, ta`lim darajasi va sog`ligiga ko`ra korxonada yuklatilgan vazifani bajarishga qodir bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Etakchi lavozimlarni oliy ma`lumotli va mutaxassisligi bo`yicha kamida 5 yil ish tajribasiga ega shaxslar amalga oshiradilar. Yuqori lavozimlarni egallashda kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarga imtiyoz beriladi.

Mutaxassislik lavozimlari, qoida tariqasida, oliy ma`lumotli va mutaxassisligi bo`yicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo`lgan shaxslarga belgilanadi. Xodimlar korxonaning Bosh direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Quyidagilar ishga olinmaydi:

  • Sudlangan, lekin ijro amalga oshirilmagan yoki belgilangan tartibda so`ndirilmagan;
  • Belgilangan tartibda ishga layoqatsiz deb topilgan yoki mehnatga layoqatsiz; O`zbekiston Respublikasi mexnat kodeksi 100-moddasi 3 va 4-bandlari bilan ilgari korxonadan lavozimidan ozod etilgan.

Asos: Xodimlarni ishga olish, joylashtirish va ish sharoiti to`g`risidagii qoidalar. «Uz Dong Yang Ko» OAJ PO-061-3

Rezyume namunasini olish

Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun