Korxona hodimlariga kredit asosida texnika olishga koʼmaklashish

Korxona hodimlariga kredit asosida texnika olishga koʼmaklashish

UzDongYangCo qo’shma korxonasi rahbariyati va korxona Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan, korxonada faoliyat olib boruvchi hodimlar, ayniqsa yosh oilali ishchilarni qo’llab quvvatlash maqsadida, “Artel” kompaniyasi Andijon viloyati rasmiy dileri bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi.

Ya’ni “Artel” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan maishiy uy jihozlarini uzoq muddatga korxona kafilligi asosida kreditga olish imkoniyati yo’lga qo’yildi. Ushbu jarayonning qulayligini oshirish maqsadida korxona xududiga “Artel” kompaniyasining barcha turdagi maishiy texnikalari olib kelindi va ushbu jihozlarga ehtiyojmand hodimlar va yoshlarga korxona hududining o’zidayoq hujjatlarni rasmiylashtirish yo’lga qo’yildi.

By | 2018-05-17T16:36:38+05:00 May 17th, 2018|Kategoriyalar: Yoshlar Ittifoqi yangiliklari|Taglar: , , , |Comments Off on Korxona hodimlariga kredit asosida texnika olishga koʼmaklashish

Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun