Korxona haqida 2018-02-23T14:16:08+05:00
BIZ HAQIMIZDA
  • «Uz-Dong Yang Ko» O’zbek-Koreya qo’shma korxonasi 1996 yil Janubiy Koreyaning «Dong Yang Yevxa Indastriz Ko LTD» korxonasi va «O’zavtosanoat» aktsiyadorlik kompaniyasi o’rtasida imzolangan kelishuvdan so’ng o’z faoliyatini boshladi.

  • Korxona «GM-O`zbekiston» zavodi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Nexia, Damas, Matiz, Spark, Cobalt va Gentra avtomobillarini ichki qoplama detallari bilan ta’minlab berish uchun tashkil etilgan. Ushbu tashabbus orqali avtomobil detallarini import xajmini qisqartirish va bu bilan davlat valyuta zaxirasini tejab qolish ko’zda tutilgan, shuningdek yangi ishchi o’rinlar yaratish mo’ljallangan. O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun kerakli butlovchi qismlarni maxalliy korxonalarda ishlab chiqarish dasturi amalga oshirildi.

  • Korxonada asosan avtomobil ichki jixoz detallari ishlab chiqariladi. Bular qatoriga eshik ichki qoplamalari, avtomobil tom qoplamalari, pol to’shamalari kiradi. Bulardan tashqari hozirda avtomobil o’rindiklari uchun g’iloflar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.

  • Korxona ilg’or kompaniyalardan bo’lgan Janubiy Koreyaning «Dong Kvang Tek Ko LTD» texnologiyalari va «Hosung» kompaniyasi tomonidan tayyorlangan presslash uskunalari bilan jixozlangan. «Dong Kvang Tek Ko LTD» zavodlarida o’z malakalarini oshirib qaytgan korxona ishchi-xodimlari o’zlarining kasbiy maxoratlarini yuqori darajaliligi bilan ajralib turadilar. Korxonada 800 dan ziyod ishchi va xizmatchilar ishlaydilar.

  • 2007 yilda kompaniya ISO 9001:2000 standartiga muvofiq sifat menejmenti tizimini joriy etdi. 2010 yil aprel oyida ISO 9001:2008 standartiga muvofiq sifat menejmenti tizimiga muvofiq qayta sertifikatlangan. 2011 yil avgust oyida atrof muhitni boshqarish va boshqarish tizimlari ISO 14001:2004 va OHSAS 18001:2007 standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

  • Korxonaning yillik quvvati 2500000 dan ortiq avtomobil uchun ichki interiyer qismlar ishlab chiqarishga yetadi.

  • «Uz-Dong Yang Ko» qo’shma korxonasining asosiy hamkorlari sifatida «GM-Uzbekiston» avtomobil zavodi, «Uz-Tong Hong Ko» (avtomobil o’rindiqlari ishlab chiqaruvchi) qo’shma korxonalarini e’tirof etish mumkin. Korxonada ishlab chiqaruvchi maxsulotlarning ma’lum qismi O’zbekiston Respublikasi xududidagi avtomobillarga texnik hizmat ko’rsatuvchi servislar va savdo firmalari tomonidan realizatsiya qilinadi.

  • Kompaniyaning mahsulotlari O’zbekiston Respublikasida joylashgan avtomobillarga hizmat ko’rsatish markazlari va savdo do’konlarida sotiladi.

Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun