IATF 16949:2016 sertifikati olindi

IATF 16949:2016 sertifikati olindi

Korxonamiz avtosanoat korxonalarida sifat menejmenti tizimining yangi sertificati IATF 16949:2016 va xalqaro sifat menejmenti tizimi ISO 9001:2015 sertifikatining yangi versiyasini qo’lga kiritdi.

Avtomobil sohasida sifat menejmenti bo’yicha ko’p qo’llaniluvchi, o’zida avtomobil ishlab chiqarishda sifat menejmenti tizimlari uchun texnik talablarni mujassam qilgan xujjatlardan biri ISO/TS 16949 sertifikatidir. U 1999 yil Avtosanoatning xalqaro ishchi guruxi(IATF) ISO/TC 176 bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va avtomabil sohasida global ta’minot zanjirida turli baholash va sertifikatlash tizimlarini muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan.

2016 yilning oktyabr oyida ISO/TS 16949:2009 o’rniga yangi IATF 16949:2016 standarti ishlab chiqildi. IATF 16949:2016 sanoat standarti ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimining oxirgi versiyasining tuzilishi va matniga asoslanadi.

IATF 16949:2016 ISO 9001 ga qo’shimcha bo’lib, uni avtomobil komponentlari yetkazib beruvchilariga mos standartga o’zgartiradi.

IATF 16949:2016ni tadbiq qilish, muddati, sertifikatlashtirish xususiyatlari va qo’shimcha talablarini haqida eng so’nggi ma’lumotlar IATF veb-saytida mavjud.

By | 2018-04-18T17:19:20+05:00 Mart 17th, 2018|Kategoriyalar: Yangiliklar|Taglar: , |Comments Off on IATF 16949:2016 sertifikati olindi

Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun