Diniy ekstremizm va terrorizm

Diniy ekstremizm va terrorizm

2018 yil 12 aprel kuni “UzDongYangCo” qo’shma korxonasida, Andijon shaxar huquq tartibot hodimlari, “Xon Ota” jome masjidi imom hatibi, korxona rahbari va yoshlari ishtirokida “Yoshlar o’rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkurani shakllantirish va huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatda mavzuning yoshlar tarbiyasida tutgan o‘rni, dolzarbligi va ahamiyatiga urg‘u berildi. Suhbat chog‘ida jamiyatda bo‘lib o‘tayotgan global o‘zgarishlar davomida inson ongi va qalbi, ayniqsa, yoshlar hayoti uchun kurashish muhim bo‘lib hisoblanganligi ta’kidlab o‘tildi. Mafkuraviy xurujlar davomida g‘oyaviy tahdidlar jiddiy xavf solayotganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bunda buyuk davlatchilik shovinizmi, diniy ekstremizm va terrorizm g‘oyalarning zararli oqibatlari tilga olindi. Ular bilan kurash olib borishda yoshlar orasida loqaydlik, befarqlik, e’tiborsizlik kabi kayfiyatni bartaraf etish, ommaviy madaniyatdan yiroqlashtirish hamda ularni sog‘lom turmush tarzini olib borish ko‘nikmasini shakllantirish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Davra suhbati davomida korxona rahbari, mutassaddi tashkilot vakillari va yoshlar o‘rtasida o‘zaro fikrlar va qarashlar almashuvi bo‘lib o‘tdi.

By | 2018-04-18T17:40:21+05:00 Aprel 18th, 2018|Kategoriyalar: Yoshlar Ittifoqi yangiliklari|Taglar: , |Comments Off on Diniy ekstremizm va terrorizm

Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun